Alcatel 27 fevralda modulli smartfonni taqdim etadi

Alcatel 27 fevralda modulli smartfonni taqdim etadi

Hozirda Alcatel brendiga egalik qiluvchi Xitoyning TCL kompaniyasi “Light Up” nomli taqdimotga taklifnomalarni yuborishni boshladi, deb xabar bermoqda Ferra nashri.

Taqdimot Barselonada o‘tkaziladigan  MWC 2017 ko‘rgazmasining birinchi kunida bo‘lib o‘tadi.  Alcatel mazkur ko‘rgazma doirasida bir yo‘la 5 ta smartfonni namoyish qilishi kutilmoqda. Ular orasida bittasi modulli form-faktorda bo‘lishi aytilmoqda. Modulli smartfon musiqaga mos ravishda yorug‘lik diodlarini miltillata oladi, taklifnomadagi tasvir ham ushbu mish-mishni tasdiqlaydi.

Smartfon sakkiz yadroli MediaTek protsessori va 13 Mpli asosiy kamera bilan jihozlanadi. U taxminan 320 yevro narxida sotuvga chiqariladi. Qurilma haqidagi boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.