Alcatel birato‘la 4 kamerali smartfon chiqara qoldi

Alcatel birato‘la 4 kamerali smartfon chiqara qoldi

Alcatel tomonidan Dubayda taqdim qilingan Alcatel Flash modelining 2017 yilgi talqini, garchi o‘rta narxli Android smartfonlar sirasiga kirsa ham, naq 4 ta kamera bilan ta’minlangan. Mobil aloqa vositasida barmoq izlari skaneri ko‘plab o‘ziga xos texnologiya-funksiyalar ham bor.

LG V20 gadjetini hisobga olmaganda, Alcatel Flash to‘rt kamerali ayni paytda noyob smartfon. Uning old panelida 2 ta va orqa panelida ikkita kamera moduli mavjud. Bosh kamera — Sony IMX258 modulining har biri 13 megapikselli surat oladi va ulardan biri tasvirni oq-qora rangda muhrlaydi. Shuningdek, bosh kamera 6 linzali va 4K sig‘imli video yoza oladi. U 2 tusli LED fotochaqnog‘i bilan ta’minlangan.

Alcatel Flash old panelida esa 8 MP va 5 MP 2 ta kamera moduli mavjud. Uning optik pribor hajmi ham f/2.0 va PDAF fokus funksiyasi, shuningdek 2 tusli fotochaqnoq bilan ta’minlangan. Bosh va old kamera olgan suratlar detallarga boy bo‘lib, surat olgandan keyin ham manzaraning asosiy nuqtasini belgilash mumkin.

Alcatel Flash korpusi to‘liq alyuminiydan tayyorlangan smartfon 5.5 dyuymli Full HD ekranga ega. Ekran tirnalishdan himoya shishasi va dog‘ga qarshi qoplama bilan ta’minlangan. Gadjetga 10 yadroli 2.3 Ggs chastota tezligida ishlaydigan Helio X20 protsessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy ichki xotira o‘rnatilgan. Xotirani kengaytirish mumkin. U Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi. Smartfon 3,100 mA soat elektr toki sig‘imli akkumulyatordan quvvat oladi. 2 ta sim-kartali Alcatel Flash aloqaning WiFi, LTE, Bluetooth, A-GPS tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Alcatel Flash’ning 300 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.