Alcatel OneTouch Go Play: yorqin, pishiq va arzon smartfon

Alcatel OneTouch Go Play: yorqin, pishiq va arzon smartfon

Biz o‘z smartfonimizni yaxshi ko‘ramiz, uni turli tashqi ta’sirlardan asrashga harakat qilamiz, maxsus g‘ilof kiydiramiz, xullas, puliga yarasha xizmat qilishini istaymiz.

Alcatel kompaniyasi ana shu xohish-istaklarni inobatga olib, ko‘rkam va suvdan, eng ajoyibi, turli “qulashlar”dan himoyalangan smartfon ishlab chiqardi. Bundan tashqari One Touch Go qimmat ham emas.

Suv va qulashdan himoya

Model nafaqat suyuqlikdan, balki zarbdan ham himoyalangan. Bunday uyg‘unlikni kamdan-kam smartfonlarda uchratish mumkin. Ular sirasiga ekstremal xolatlar uchun maxsus chiqarilgan SENSEIT, teXet smartfonlarini kiritish mumkin.

Alcatel OneTouch Go Play`ning tashqi ko‘rinishi Sony smartfonlariga o‘xshab ketadi.

Biz pishiqligini sinovdan o‘tkazdik: Qurilmani balandlikdan plitka, parket, silliq betonga tashlab ko‘rdik. Smartfon yaxshi chidash berdi. Material qayishqoq va qulaganda amartizator rolini bajarib, zarbni o‘ziga qabul qiladi. Ammo uni asfaltga atay uloqtirib ko‘rmang. Sinmasligiga kafolat yo‘q.

Korpus yorqin va turfa rangda, tanlov imkoniyati bor. Kir bo‘lsa, tozalash oson.

Smartfon turli suyuqlik va changlardan yaxshi himoyalangan. Ammo korpusdagi qalin rezina sabab maxsus joyga kabel yoki garnituralarni ulash noqulay. Tan olish kerak, boshqa shu tavsifdagi smartfonlarga nisbatan juda ko‘rkam va ixcham.

O‘yin o‘ynamoqchimisiz? Boshqa telefonni tanlang!

“Bir kam dunyo”, deganlaridek, arzon narx va ko‘rkam “qiyofa”ga qaramay, kamchiligi bor. Ichki qurilmalari zaif. Hozirda 1 GB xotiraga hech kim qoniqmaydi. Ayniqsa, maxsus grafikli 3D-formatdagi o‘yinlar uchun bunday hajm kam. Protsessor Qualcomm Snapdragon 410 – bu ham yetakchi deb atalmaydi. Apparatning o‘z xotirasi 8 GB, qo‘shimcha ravishda microSD xotira kartasini 32 GBgacha oshirish mumkin.

Smartfonlar bitta SIM-karta, LTE ni qo‘llaydi, so‘zlashuv dinamigi yaxshi, signal qabul qilishidan ham nolimaysiz.

Quvvat manbai qanday?

Batareya quvvati 2500 mAs. Smartfonda 7,5 soat video ko‘rish, 4 soat o‘yin o‘ynash mumkin. Natija yomon emas.

Ekran

Diagonal ekran – 5 dyuym, ko‘rsatish qobiliyati 1280x720 nuqta. Arzon smartfon uchun yaxshi ko‘rsatgich.

Kamera 8 megapiksel. Chaqnoq va avtofokusli kamerada bemalol suv ostida ham suratga olish mumkin. Tasvir sifati bu turdagi smartfonlar uchun yomon emas. Kunduzgi tasvir yaxshi, biroq kechki suratlarga bunday nisbat berib bo‘lmaydi.

Smartfon Android 5.1 tizimda ishlaydi. O‘ziga xos tomoni shuki, menyuda OneTouch Stream yangiliklari joy olgan. Unda nafaqat so‘nggi yangiliklar, balki taqvim, uyg‘otgich, ob-havo ma’lumotlar ham joy olgan. Ular ishlashi uchun, albatta, internetga ulangan bo‘lishingiz kerak.

Yana bir jihati—imo-ishoralarni boshqarish. Masalan, ertalab uyg‘otgich chalinganda smartfon ag‘darilsa, ovoz o‘chadi. Ekranga ikki marta barmoq bilan urilsa, ekran yorishadi.

Shuningdek, smartfonda FM-radio va ekvalayzerli pleyer ham bor.

Xulosa

Arzon smartfonlar qatorida Alcatel OneTouch Go Play ning ustun tomoni uning narxi va pishiq-puxtaligidir. Smartfon Rossiya bozorida 9990 rubl ($160) narxida sotilmoqda va ajoyib to‘plam, HD ekran va LTE bilan puliga arziydi. Ha, albatta, kamchiliklari (zaif ichki qurilmalar, kamera) ham yo‘q emas. Suvdan himoya qiluvchi tizimga ega Sony Xperia smartfonichalik qimmat emas.

Manba: Hi-Tech.Mail.Ru

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Дўконларда 1 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!