AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

  •   DiMaX
  •  11440
  •  05.01.2018 13:44

AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xitoyning taniqli onlayn savdo maydonchasi – AliExpress saytini ko‘pchilik eshitgan, ammo buyurtma orqali undan biror tovar xarid qilishni hamma ham uddalayvermaydi. Biz esa hamkorlarimiz bilan kelishib, xohlovchilar uchun AliExpress’dan tovarlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydik.

Xarid qanday amalga oshiriladi?

AliExpress’da savdoga qo‘yilgan biror tovarni xarid qilish uchun, siz o‘sha mahsulotning narxini to‘liq miqdorda oldindan bizga to‘lov qilasiz. To‘lovni amalga oshirganingiz va biz uni qabul qilganimiz haqida sizga tegishli tartibda kvitansiya beriladi. Buyurtmangiz o‘rtacha 20-35 kunda O‘zbekistonga yetib keladi va uni o‘zingiz yashayotgan hududning pochta bo‘limidan olib ketishingiz mumkin bo‘ladi.

Agarda tovar 60 kun mobaynida yetib kelmasa, u holda amalga oshirgan to‘lovingiz to‘liq hajmda qaytarilishi kafolatlanadi.

Qanday to‘lov qilinadi?

Siz xarid qilinadigan tovarni aniqlashtirib, bizga AliExpress’dagi o‘sha mahsulot sahifasi manzilini (URL-adresini) taqdim etasiz. O‘sha sahifada ko‘rsatilgan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida, O‘zbekiston so‘mida oldindan to‘lovni amalga oshirasiz.

Shuningdek, buyurtmani rasmiylashtirib, tovarni yetkazib berganimiz uchun bizga tovar narxining 5 foizi miqdorida xizmat haqi to‘laysiz. Xizmat haqimizning eng kam miqdori 12000 so‘mga teng bo‘ladi, ya’ni, agar buyurtmangiz narxining 5 foizi shundan kam miqdorda bo‘lsa, katta tomonga yaxlitlanadi.

Buyurtma berayotganingizda bizga o‘zingizning pasportingiz bo‘yicha haqiqiy ism-sharifingizni, to‘liq manzilingizni; shu hududga xizmat ko‘rsatuvchi pochta bo‘limining raqami va pochta indeksini ham yozib yuborasiz.

To‘lov usullari

To‘lovni amalga oshirish uchun siz PAYme, Click onlayn to‘lov servislaridan foydalanishingiz yoki naqd pul vositasida to‘lashingiz mumkin.

AliExpress’dan biz orqali buyurtma rasmiylashtirish uchun, +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali «Terabayt.uz» sayti menejeriga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.