Alvon rangli iPhone “Malika”da sotilmoqda

Alvon rangli iPhone “Malika”da sotilmoqda

Apple 21 mart kuni iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonining «RED Special Edition» nomli qizil rangli maxsus modellarini taqdim qilgani xususida xabar bergan edik. Mazkur model qisqa fursat ichida Toshkent shahridagi “Malika” savdo majmuasida ham sotila boshlandi. Bu to‘g‘rida savdo majmuasidagi doimiy hamkorlarimizdan xabar topdik va tabiiyki, yangi talqindagi ayfonlarning narx-navosi bilan qiziqdik. Ungacha esa shovvoz sotuvchilarning tezkorligi bizni hayratda qoldirgani xususida 2 og‘iz.

iPhone’ning (PRODUCT)RED talqini 24 martdan xalqaro bozorga chiqishi ma’lum qilingan edi. Uning 128 GB va 256 GB doimiy xotira talqinlari 749-996 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilashini kompaniya ham tasdqilagan. Uning 32 GB yoki 64 GB doimiy xotiraga ega talqini ishlab chiqarilmayapti.

“Malika” elektronika mahsulotlari majmuasida ushbu talqinning bir necha kun ichida yetib kelgani ham hayratlanarli, ham shubhali. Shunday qilib, Toshkent shahrida 128 gigaybayt doimiy ichki xotiraga ega iPhone 7 $925, 256 GB xotirali iPhone 7 smartfoni esa 1015 AQSh dollaridan savdoga chiqarilgan. Epchil “diler”lar ayfonning yuqori talqini bo‘lgan iPhone 7 Plus’ning 128 gigabaytli talqini uchun 1125, 256 GB talqinli 7 Plus uchun 1225 AQSh dollari so‘rashmoqda. 4.7 dyuymli iPhone 7 Apple A10 protsessori, 2 GB tezkor xotira (iPhone 7 Plus’da 3 GB), IP67 sertifikatiga ega, ya’ni korpusi suv va chang ta’siriga chidamli.

Apple korporatsiyasi — OITSga qarshi kurash fondining homiylaridan biri bo‘lib, RED jamg‘armasi bilan hamkorlik qiladi va qizil rangli smartfonlardan tushgan foyda ham ushbu jamg‘armagan o‘tkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 27 mart holatida Apple iPhone 7’ning 128-256 GB xotirali oddiy talqini “Malika”da 5,550,000 hamda 5,775,000 so‘mdan sotilmoqda.

Bu to‘g‘rida saytimizdagi “Narxlar” bo‘limida batafsil o‘qing.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!