Amazon YouTubega o‘xshash videoxizmatni ishga tushirmoqda

Amazon YouTubega o‘xshash videoxizmatni ishga tushirmoqda

Bu xizmat nomi Amazon Video Direct bo‘lib, amaldagi Amazon Video xizmatiga qo‘shimchadir. Amazon Video videokontentni (film va seriallar) vaqtincha ijaraga yoki sotib olishni taklif qiluvchi xizmat sanaladi.

Foydalanuvchilar o‘z videolavhalarini yuklashi, uni boshqalar tomosha qilishi mumkin. Ammo orada reklama qo‘yiladi, reklamasiz tomosha qilish pullidir.

Videoxosting xizmatidagi maxsus dastur eng ko‘p ko‘rilgan videolarni hisoblab turadi.

Amazon internet orqali tovar sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniya sanaladi.

Darvoqe, Amazon reklamadan tushgan daromadning yarmini video muallifiga berishni va’da qilyapti.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!