Andijonda Beeline‘ning qo‘shimcha tayanch stansiyalari ishga tushirildi

Andijonda Beeline‘ning qo‘shimcha tayanch stansiyalari ishga tushirildi

Beeline Andijon viloyati hududida 3G tarmog‘ining qoplami kengaygani haqida xabar beradi.

Yangi tayanch stansiyalari Andijon shahrida, shuningdek, Andijon, Buloqboshi, Xojiobod tumanlarida ishga tushirildi. Buning natijasida Ismoiliy, Oqrovvot, Niyozmetov ko‘chalari bo‘ylab, shuningdek, Uchtepa, Zaurak, Xartum va Oltin Vodiy qishloqalri bo‘ylab signal sifati yaxshilandi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!