Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimiga o‘zbek tili qo‘shildi

Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimiga o‘zbek tili qo‘shildi

Google’ning Android operatsion tizimining eng yangi versiyasi — Android 6.0 Marshmallow’da o‘zbek tili mavjud. Bu haqda “Mobinfo.uz” ma’lumotiga asoslanib “Daryo” xabar berdi.

android uzbekAndroid operatsion tizimining yangi versiyasi undan foydalanish jarayonini yaxshilashga qaratilgan qator imkoniyatlarga ega, jumladan:

  • dasturni nafaqat o‘rnatish vaqtida, balki qolgan boshqa paytlarda ham dasturning axborotni qo‘lga kiritishi ustidan nazorat kuchaytirildi;
  • ovozsiz rejim, vibratsiya rejimi, shuningdek, har qanday ovozlarni o‘chiradigan yoki, foydalanuvchi tanloviga ko‘ra, faqat budilnik va bildirishnomalarni yoniq qoldiruvchi «Bezovta qilmang» rejimi paydo bo‘ldi;
  • smartfon ishlatilmayotgan paytda ma’lum bir dasturlarning fonda ishlashini o‘chiradigan uyqu rejimi paydo bo‘ldi, u batareyaning ishlash davomiyligini ancha oshiradi.
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!