Android 6 Marshmallow: qaysi qurilmalarda uni yangilab olish mumkin?

Android 6 Marshmallow: qaysi qurilmalarda uni yangilab olish mumkin?

Google ayrim qurilmalar uchun mazkur mobil operatsion tizimining yangi talqinini yuklab olish imkoniyatini yaratdi. 2015 yilda bu imkoniyat Nexus 5, 6, 7 va 9, shu bilan birga Nexus Player qurilmalari uchun yaratilgan edi. Shundan so‘ng yangi talqin LG G4, Samsung Galaxy Note 4 va Moto G apparatlari uchun taqdim qilingan. Qolgan qurilmalarga mazkur operatsion tizimni yuklab olish imkoniyatining muddatlari e’lon qilindi.

Quvvat tejovchi, ilovalarni boshqarish imkoni mavjud, barmoq izi orqali kirish, USB-C texnologiyasini jamlagan bu tizimning oxirgi talqinini yangilab olish imkoni mavjud apparatlar haqida ma’lumot beramiz.

Google va Nexus

Agar siz Nexus egasi bo‘lsangiz, demak omadingiz bor ekan! Boisi mazkur dasturiy ta’minotdan birinchilardan bo‘lib, Google’ning Nexus qurilmalarida foydalanish mumkin. Ayniqsa, Motorola tomonidan ishlab chiqarilgan shu turdagi apparatlar dasturni osonlik bilan yangilab oladi.

Yangi Nexus 5X hamda Nexus 6P mobil apparatlarida Marshmallow tizimi o‘rnatilgan holda sotuvga chiqarilmoqda.

Nexus 5, Nexus 6, Nexus 7 (2013), Nexus 9, Nexus Player, Pixel C va Android One smartfonlari foydalanuvchilari ham Androidning so‘nggi talqinidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Samsung

Samsung qurilmalarida Marshmallow’ni yangilab olish Android Lollipop tizimidagidek oson kechmaydi.

Samsung’ning Galaxy Note 4 qurilmasi yangi Marshmallow tizimini olishi mumkin bo‘lgan birinchi apparat. Ayni vaqtda u Vengriyada ishlab chiqarilmoqda. Ha, u Samsung Galaxy Note 5, Samsung Galaxy S6 Edge+ yoki Samsung Galaxy S6 qurilmalaridan oldin bu imkoniyatga ega bo‘ldi. Kompaniya 2015 yilning dekabr oyida Samsung Galaxy Note 5 va Samsung Galaxy S6 Edge+ Marshmallow’ning yangi talqiniga ega bo‘lishini va’da qilgan edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Yangi rejaga muvofiq, bu qurilmalar shu yilning yanvar oyida tizimni yangilab olishlari mumkin.

Samsung Galaxy S5 va uning barcha turdoshlari 2016 yilning iyunida eng so‘nggi Marshmallow’ni yuklab olishlari mumkin. Samsung Galaxy Alpha qurilmalari bu imkoniyatga shu yilning 2 choragida ega bo‘ladilar.

Samsung Galaxy S5’gacha bo‘lgan qo‘l telefonlari Androidning so‘nggi talqini bilan ta’minlanishlari hozircha noma’lum. Ular Android Lollipop tizimiga ega.

Tez orada Samsung Galaxy Tab S2 va Samsung Galaxy Tab S, The Galaxy Note Pro 12.2 planshetlari uchun ham Marshmallow’ning yangi talqini taqdim etiladi.

Qolgan qurilmalarning bu boradagi taqdiri hozircha noma’lum. Misol uchun, The Samsung Galaxy Note 10.1 (2014) hali ham Android KitKat mobil operatsion tizimida ishlaydi. Ekspertlar uni allaqachon Lollipop va Android Marshmallow tizimlariga almashtirish zarurligini ta’kidlashmoqda.

HTC

HTC One M9 va HTC One A9, HTC One M8 dekabr oyida Android 6 tizimiga ega bo‘lishi kerak edi. Bu to‘g‘rida HTC’ning Mahsulotlar bo‘yicha menejeri Tvitterdagi sahifasida e’lon qilgan. Ammo bu imkoniyat hozir faqat kompaniyaning AQShda yashaydigan foydalanuvchilarida mavjud. HTC One M8 qurilmasigina yanvar oyida yangi talqindagi tizimni yuklab olishi mumkin.

HTC kompaniyasi Androidning  HTC One M9+, HTC One E9, HTC One ME, HTC One E8, HTC One M8 EYE, HTC Butterfly 3, HTC Desire 826, HTC Desire 820 va HTC Desire 816 qurilmalariga mo‘ljallangan so‘nggi talqini yaqin orada e’lon qilinishini tasdiqlagan.

Sony

Kompaniya operatsion tizimning yangi talqini uning Xperia Z5, Xperia Z5 Compact, Xperia Z5 Premium, Sony Xperia Z3+, Sony Xperia Z3, Sony Xperia Z3 Compact, Sony Xperia Z4 Tablet and Sony Xperia Z3 Tablet Compact mobil qurilmalari uchun tez orada taqdim qilinishini aytgan. Xperia Z1 qurilmasi haqida esa biror yangilik aytilmagan.

Shuningdek, The Xperia Z2, Xperia Z2 Tablet, Xperia M5, Xperia C5 Ultra, Xperia M4 Aqua va Xperia C4 ham Marshmallow’ning yangi qulayliklariga ega bo‘ladi.

Hozircha faqat Z5 seriyasidagi qurilmalarning yanvar oyida tizimni yuklab olishlari mumkinligi aytilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!