Android 7.0 Nougat relizi 22 avgustdan boshlanishi mumkin

Android 7.0 Nougat relizi 22 avgustdan boshlanishi mumkin

Kanadaning Telus nomli mobil operatori Android 7.0 Nougat relizi 22 avgustdan boshlanishi haqida ma’lumot berdi. Hozircha Google kompaniyasi bu haqda biror izoh bermagan.

Telus avgustning so‘ngida  Nexus 6P va  Nexus 5X modellarini Android N versiyasiga yangilishi haqida xabar bergan. Biroq bu ma’lumotlarni hali yuz foiz aniq deb bo‘lmaydi.

Chunki Google o‘zining  HTC  bilan hamkorlikda tayyorlayotgan yangi turkumdagi Nexus

smartfonlarini hali taqdim qilmadi. Odatda, bunday katta yangilanishlar birinchi bo‘lib

Nexus seriyasida chiqarilar edi. Bundan tashqari, internetdagi ko‘plab manbalarda LG tomonidan yaqin orada namoyish qilinishi kutilayotgan LG V20 modeli ham Android N versiyasidagi ilk gadjet bo‘lishi aytilgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!