Android 7.0 Nougat relizi boshlandi

Android 7.0 Nougat relizi boshlandi

Avvalroq  Android 7.0 Nougat relizi 22 avgustdan boshlanishi mumkinligi haqida saytimizda ma’lumot bergan edik. Mana, o‘sha uzoq kutilgan kun yetib keldi.

Nexus turkumidagi smartfonlar, Pixel C va General Mobile 4G modellari 22-avgustdan boshlab Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadigan ilk qurilmalar bo‘ladi. Bu haqda androidpolice.com sayti xabar bermoqda.

Android 7.0 Nougat prevyu versiyasi shu yilning mart oyida dasturchilar e’tiboriga havola qilingan edi. Endilikda, zamonamizning ilg‘or smartfonlari ushbu versiyaga birin-ketin yangilanishni boshlaydi.

Ushbu versiya avvalgi Android’lardan takomillashgan arxivlash, displey elementlarining hajmini boshqarish, internet trafikni tejash, faylga asoslangan shifrlash, yuqori grafikani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Albatta, bundan tashqari, yana bir qator yangilik va foydali funksiyalar Android 7.0 Nougat versiyasiga tadbiq etilgan. Bu haqda hali batafsil to‘xtalmiz.