Android`da modem rejimini avtomatik yoqish funksiyasi paydo bo‘ladi

Android`da modem rejimini avtomatik yoqish funksiyasi paydo bo‘ladi

Smartfon yoki planshetdan internet tarqatish manbasi sifatida foydalanish eng asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi.  Biroq, odatda, ushbu rejimni qurilmada faollashtirish uchun bir qator sozlamalarni amalga oshirish talab etiladi.

4PDA nashrining ma’um qilishicha, Google ushbu vazifasini yanada soddalashtirish maqsadida Android platformasiga Instant Tethering funksiyasini qo‘shishni rejalashtirgan. Instant Tethering yoqilganda tizim Google akkauntiga bog‘langan barcha qurilmalarni o‘zaro ulaydi. Ulanish Bluetooth orqali amalga oshiriladi.

Hozircha bunday yangilik faqat Andrid 7.1.1 versiyasida ishlaydigan Nexus va Pixel seriyasidagi smartfonlarda sinov rejimida ishlamoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!