Android’dagi nuqsonni topganlarga Google qancha to‘laydi?

  •   DiMaX
  •  2628
  •  05.06.2017 16:13

Android’dagi nuqsonni topganlarga Google qancha to‘laydi?

Ha, mobil operatsion tizimidagi nuqsonni – himoyadagi buzib kirish mumkin bo‘lgan «darcha»ni topganlarga Google yaxshigina haq to‘laydi. Bu ikki yilcha avval yo‘lga qo‘yilgan Android Security Rewards (ASR) dasturi doirasida amalga oshirilmoqda, deb yozadi Androidinsider nashri.

To‘lov miqdori topilgan «tuynuk»ning qanchalik jiddiyligiga bog‘liq. O‘rtacha hollarda, himoyadagi har bir bo‘shliq uchun foydalanuvchiga Google 2150 AQSh dollari miqdorida haq beradi. Oxirgi ikki yilda ko‘pgina tadqiqotchilar undan 10 ming dollardan olganlar. Xabarga ko‘ra, shu ikki yilda kompaniya turli jamoalar va alohida dasturchilarga jami bir yarim million dollar haq to‘lagan.

Aytish kerakki, 10 ming dollar – hali eng yuqori nuqtasi emas. O‘ta xavfli nuqsonlarni topganlarga kompaniya 150, hatto 200 ming dollargacha to‘laydi. Masalan, dasturchilar jamoasi smartfon tizimiga hujum qilib, uning himoyasini buza olishsa.

Nega haq to‘laydi, deya hayron qolayotgandirsiz balki?

Aynan shu Android Security Rewards dasturi tufayli Google-devayslarga har 3 yilda rasman taqdim etiladigan yangi versiyasini shunchalik muvaffaqiyatli tarzda chiqaradi. (Bu yangilanishlarni Android mobil operatsion tizimidagi boshqa qurilmalarga ham keladigan – uning versiyasi o‘zgaradigan yangilanishlar bilan chalkashtirmaslik kerak.)

Nima bo‘lganda ham, har bir usta dasturchida Google’dan 200 ming dollargacha haq undirish imkoni bor. Hatto shu rag‘batlantirishni qo‘lga kiritish maqsadida atay Android himoyasidagi «tuynuk»larni topishga ixtisoslashgan maxsus xakerlar jamoalari ham mavjud.

Siz ham eng serdaromad sohalardan biri bo‘lgan dasturchilikka qiziqsangiz va uddalay bilsangiz, shu kabi haq undirishingiz mumkin. Yoki farzandingizni hozirdanoq axborot texnologiyalari sohasiga qiziqtira olsangiz, ularning muvaffaqiyatli istiqboliga poydevor qo‘ygan bo‘lasiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!