Android Nougat: Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlarida Calendar ilovasining yangicha interfeysi

Android Nougat: Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlarida Calendar ilovasining yangicha interfeysi

Samsung kompaniyasi Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlari uchun mo‘ljallangan Android 7.0 Nougat dasturining navbatdagi beta-versiyasini chiqardi. Ushbu versiyada flagmanlardagi Calendar (S Planner) ilovasiga yirik o‘zgarishlar kiritilgan, jumladan, ilova interfeysi boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lgan.

Screenshot_20161125-142211-303x540  Screenshot_20161125-154103-303x540

Sammobile saytining yozishicha,  Android Marshmallow versiyasiga qaraganda mazkur ilovaning ko‘rinishi Android Nougat dasturida bir muncha yaxshilangan. Hozircha Calendar (S Planner) ilovasiga Android Nougat orqali keladigan yangi funksiya va imkoniyatlar haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Barcha tafsilotlar rasmiy Android Nougat versiyasiga yangilangandan keyin oshkor bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!