Android-qurilmaning modelini aniqlash

  •   DiMaX
  •  1671
  •  31.01.2017 14:51

Android-qurilmaning modelini aniqlash

Keyingi paytlarda zamonaviy texnika vositalarini Xitoy internet-do‘konlaridan hamyonbop narxlarda xarid qilish hollari ko‘paydi. Android operatsion tizimida ishlaydigan arzon gadjetlar ko‘pincha uncha tanilmagan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda, bu esa ba’zan foydalanuvchilarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Axir, qurilma haqida ma’lumot izlash uchun modelning aniq nomlanishini bilish kerak-da.

4pda.ru sayti e’lon qilgan quyidagi tavsiyalar orqali qo‘lingizdagi gadjetning nomini aniqlashtirib olishingiz mumkin. Bu yo‘riqnoma orqali yetakchi ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining modelini ham aniqlasa bo‘ladi; axir, bitta qurilmaning turli modifikatsiyalari texnik jihatdan ham, proshivkalari jihatidan ham o‘zaro farqlanishi mumkin.

Deylik, qo‘lingizdagi smartfon yoki planshetning korpusida ham, orqa qismidagi olinadigan qopqog‘i ostida ham, qutisida (agar u mavjud bo‘lsa) ham kerakli ma’lumot yo‘q. Shunda bu ma’lumotni birinchi navbatda uning sozlamalaridan izlashga to‘g‘ri keladi:

  1. Qurilmaning sozlamalarini – «Nastroyki»ni oching. Agar unda ruscha lokalizatsiya bo‘lmasa ham, sozlamalarini aniqlash qiyin emas – uning belgisi odatda shesternyacha ko‘rinishida bo‘ladi. Belgicha qurilmaning «Ish stoli»da bo‘lmasa, uni o‘rnatilgan ilovalar ro‘yxatidan topishingiz mumkin.
  2. Sozlamalardagi «Ob ustroystve», «O smartfone», «O planshete» yoki shu kabi nomli bo‘limini topib, ochasiz. Agar ruscha lokalizatsiyasi bo‘lmasa, inglizchada ular «About device», «About phone» yoki «About tablet» deb nomlangan bo‘ladi.

  1. Ekranni pastga «varaqlab», oxiridagi «Nomer modeli» bandiga boramiz. Inglizchada u «Model number» yoki shunga o‘xshashroq nomlanadi. Odatda bu yerda modelning raqami harfli-raqamli belgi bilan ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, quyidagi misolda u SM-N9005 ko‘rinishida.

  1. Modelning raqami bo‘yicha internetda qidiruv berib, bu smartfonning modeli LTE standartini qo‘llab-quvvatlovchi Samsung Galaxy Note 3 ekanligini bilib olamiz.

Agarda gadjetning sozlamalarida modelning raqami ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uning platformasini aniqlashga urinib ko‘rishingiz mumkin. Buni butkul bepul ilova – CPU-Z yordamida amalga oshirasiz:

  1. CPU-Z ilovasini ochib, Device varaqasiga o‘ting. Qurilmaning ishlab chiqaruvchisi Brand maydonchasida, modeli esa Model maydonchasida aks ettirilgan bo‘ladi.

  1. Agar bu maydonchalar bo‘sh bo‘lsa, System varaqasini ochib, Bootloader va Build ID maydonchalariga qarang. Bu yerda proshivka identifikatorlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Odatda, istalgan qidiruv tizimiga qurilma modeli yoki proshivka haqidagi axborotlarni kiritib, hatto eng kam uchraydigan qurilmalar xususida ham ma’lumotlar topish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.