Android-smartfon o‘chib qolsa nima qilasiz?

  •   Saroy
  •  7804
  •  16.05.2018 16:40

Android-smartfon o‘chib qolsa nima qilasiz?

Android-qurilma o‘chib qolgan bo‘lsa, uning ish qobiliyatini tiklashning bir nechta usuli bor. Quyida ushbu usullarni ko‘rib chiqamiz va bir yo‘la sabablarini ham aniqlaymiz.

Istasak istamasak, darhol akkumulyatorning o‘tirib qolgani hayolimizga keladi.

O‘QING: Android dasturlash – Mobil Taraqqiyot

Quvvatlantirgichni qo‘shib ko‘ring va akkumulyatorning ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Smartfonlar odatda, svetodiod indikatorlar bilan jihozlangan bo‘ladi, ular o‘tgan xabarlarni va quvvatlanish jarayonini ko‘rsatib turadi. Agar Android-gadjet uzoq muddat quvvatsiz holatda turgan bo‘lsa, kerakli quvvatni olish uchun uni ancha vaqt zaryadkada qoldirsa bo‘ladi.

Smartfon yoqilgan bo‘lsa ham ekran ishlamayapti

Bunday holatda qurilmani “Pitaniye”. tugmasini bosib turgan holatda, majburlab qayta yoqing. Shunda ham yoqilmadimi,  “Regulirovka gromkosti”, “Domoy” va “Pitaniye” tugmalarini birgalikda bosing. Ekran yoqilmadi, lekin yoqilgan yoki silkinish tovushini eshitdingiz, demak qurilma servis markazida diagnostika qilinishi kerak.

O‘QING: Android uchun Telegram 4.8.5 talqinida zo‘r imkoniyatlar taqdim etildi!

Telefoningizni tushirib qo‘ydingiz yoki suvga cho‘kib ketdi.Bu gadjetingiz yoqilmay qolishining eng keng tarqalgan sababi sanaladi. Agar qurilmangiz yerga tushib ketgan bo‘lsa, unga shikast yetishi tayin. Shuningdek, elektron qurilmangiz suvga tushib ketsa ham buzulishi mumkin. Agar qandaydir sabab bilan elektron qurilmangiz ho‘l bo‘lib qolgan bo‘sa, uning tiklash yo‘llari quyidagicha: Telefon tushib ketib, shundan keyin ishlamay qo‘ysa servis markaziga murojaat qiling, chunki bu muammo apparat ta’minoti  bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar smartfon borgan sari tormozlanib qola boshlasa, so‘ngra o‘chib qolsa yoki telefon o‘zini g‘alati tutsa, masalan, ilovalar chiqib qolaversa, qayta yoqilsa, u holda muammo dastur ta’minoti bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu muammoni qurilmangizni zavod holatiga keltirish yoki keshni to‘liq tozalash yo‘li bilan hal etasiz. Juda bo‘lmasa, proshivkani qayta o‘rnating.

 

Ehtimol muammo batareyadadir? Qurilmaning yoqilmay qolishiga asosiy sabablardan biri, odatda batareyaning ishdan chiqib qolishi bo‘ladi. Agar u yechib olinadigan bo‘lsa, uni yechib oling shishib ketmaganmi yoki shikastlanmaganmi ishonch hosil qiling. Agar shunday bo‘lsa, undan darhol qutiling va yangisini sotib oling.

Endi quvvatlash qurilmasi yoki kabelga keldik

Ba’zan telefon o‘z aybi bilan emas, aksincha zaryadkalash qurilmasi yoki quvvat bilan ta’minlamay qo‘ygan kabel sababli ham yoqilmaydi.

Dastlab yangi kabel olishga harakat qiling, Agar hech narsa   o‘zgarmagan bo‘lsa quvvatlash qurilmasining o‘zini almashtiring.

Smartfon yoqilish ekranida osilib qoldi

 Agar qurilma yoqilgan bo‘lsa-da, yoqilish ekranida osilib qolgan bo‘lsa, bu siklik yoqilish, deyiladi. Siklik yoqilish Android’ni yanada yangi versiyasi bilan yangilash yoki kostom proshivkani o‘rnatishni taqozo etadi. Shunday bo‘lsa, yechim oddiy: keshni tozalaysiz yoki ma’lumotlarni rekaveri orqali o‘chirasiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!