Android uchun qulay fayl menejerlari

  •   DiMaX
  •  4221
  •  30.03.2017 14:11

Android uchun qulay fayl menejerlari

Papka va fayllarni ko‘rish, ular bilan ishlash Android tizimining o‘zidagi Provodnik orqali ham amalga oshiriladi, ammo qo‘shimcha funksiyalarga ega fayl menejerlari baribir qulayroq. Bugun shulardan eng yaxshilarini ko‘rib chiqamiz.

Total Commander

Android uchun eng ommabop fayl menejeri! Total Commander eng avvalo, foydalanuvchiga tizimni sozlashga ham imkon berishi bilan mashhur. Ilovaga ko‘plab tillar kiritilgan, rus tili orqali foydalanish juda qulay va tushunarli.

Total Commander keng funksionalga ega, ikkita oynali rejimda ishlay oladi, ichida o‘z arxivatori bor. U yana Android fayl tizimiga root-huquq ham taqdim eta oladi.

Xususiyatlari:

  • Arxivlar bilan ishlash
  • FTP-kliyent
  • Root-funksiyani qo‘llab-quvvatlash
  • Ikki panelli interfeys
  • Mediaijrochi

«ES Provodnik»

Mazkur tizim uchun eng oddiy va keng tarqalgan fayl menejerlaridan biri. «ES Provodnik» ko‘plab ommabop servislar bilan integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi: Dropbox, Google Drive, OneDrive (SkyDrive), Yandeks.Disk va hokazo.

Dasturning ichida standart funksiyalarning keng to‘plami taqdim etilgan: mediafayllarni guruhlash, suratlarning oldindan ko‘rsatilishi, arxivlar bilan ishlash… Bulardan tashqari, «ES Provodnik» qurilmangiz tezkor xotirasining joriy holatini monitoring qilish, keshni tozalash va ilovalarning avtomatik ishga tushirilishini nazorat etish kabi funksiyalarga ega «Topshiriqlar dispetcheri» moduliga ham ega.

Xususiyatlari:

  • Arxivlar bilan ishlash
  • FTP-kliyent
  • Root-funksiyani qo‘llab-quvvatlash
  • «Topshiriqlar dispetcheri» moduli
  • Masofaviy fayllar menejeri
  • Ilovalar ma’muri

File Manager (File Explorer)

Asus tomonidan ishlab chiqilgan qiziqarli fayl menejeri. Garchi ZenUI grafik qobig‘ini targ‘ib etsa-da, Android operatsion tizimiga ega istalgan smartfonda bemalol ishlaydi. File Manager’ning standart funksiyalar to‘plami ixcham va yoqimli interfeysga joylangan.

File Manager fayllarni siqib, diskdagi joyni tejay oladi va multimedia ma’lumotlarini ko‘p oqimli tarzda uzata biladi. U fayllarni nusxalash, ko‘chirish, qayta nomlash, o‘chirish kabi funksiyalarni bajaradi, yana lokal tarmoq bilan ham ishlay oladi.

Xususiyatlari:

  • Arxivlar bilan ishlash
  • Fayllarni qulay ko‘rish
  • Lokal tarmoq fayllariga kirish
  • Ko‘p oqimli multimedia ma’lumotlarini uzatish

«Fayloviy menejer +»

Android uchun yana bitta sifatli fayllar menejeri, u Total Comander’dan faqat bittagina jihatiga ko‘ra qolishadi – ikki oynali rejimi yo‘q. Fayllarni qulay ko‘rishdan tashqari, «Fayloviy menejer +» audio va video fayllarning ijrosini ham boshqara oladi, hujjatlar va dasturiy jarayonlar bilan ishlay biladi.

Android-qurilmalarning tajribali foydalanuvchilari o‘z kompyuterlaridagi fayllarni smartfondan turib boshqarishlari mumkin, chunki mazkur ilova FTP orqali ulana oladi!

Xususiyatlari:

  • Arxivlar bilan ishlash
  • FTP-kliyent
  • Kompyuterga ulanish
  • Mediaijrochi
  • Ulangan qurilmalarning fayllarini boshqarish

Solid Explorer

Funksional imkoniyatlari kengligidan tashqari, Solid Explorer fayllarni shifrlash rejimini ham taklif etadi – bu uning asosiy ustunligidir. Umumiy ko‘rinishdan ayrim fayllarni yashirish, keraklilariga parol qo‘yish imkoniyatlari mavjud.

Solid Explorer fayllar menejeri mayda-chuydalarigacha o‘ylab ishlangan ilova. U oddiy foydalanuvchilar qatori, mutaxassislarning ham talablarini qondira oladi.

Xususiyatlari:

  • Fayllarni shifrlash
  • Arxivlar bilan ishlash
  • FTP-kliyent
  • ikki panelli interfeys
  • Mediaijrochi
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.