Android Yevropadagi o‘rnini mustahkamlamoqda, iOS esa kuchsizlanmoqda

Android Yevropadagi o‘rnini mustahkamlamoqda, iOS esa kuchsizlanmoqda

Android’ning mobil operatsion tizimlar bozoridagi ulushi yildan-yilga o‘sib, amalda cheklanmagan monopoliya darajasiga yaqinlashmoqda, deb yozadi Droider.ru.

Kantar tahlil kompaniyasi ekspertlari xulosasiga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida Google tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim Yevropada o‘z ko‘rsatkichlarini sezilarli oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniyada tizim bozorning 75,6 foizini egallab olgan, bu ikki yil avvalgi ko‘rsatkichdan 7,1 foizga ko‘p.

Kantar’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, Yevropadagi yangi Android’chilarning 6,6 foizi bungacha Windows Phone’ning, 3,3 foizi esa iOS’ning doimiy foydalanuvchisi bo‘lgan.

Qayd etishlaricha, Apple tomonidan ishlab chiqilgan mobil operatsion tizimning Yevropa bozoridagi ulushi so‘nggi uch oy ichida 20,2 foizdan 18,9 foizgacha qisqargan.

Tahlilchilar Android smartfon ishlab chiqaruvchilar orasida Samsung va Motorola’ni alohida e’tirof etgan. Galaxy S7 so‘nggi chorak davomida eng ko‘p sotilgan besh smartfondan biriga aylangan bo‘lsa, Motorola Yevropa bozoridagi ulushini 6,9 foizdan 9,8 foizgacha oshirgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!