Antutu versiyasi bo‘yicha iPhone 7 va iPhone 7 Plus eng kuchli smartfonlar bo‘lib qolmoqda

Antutu versiyasi bo‘yicha iPhone 7 va iPhone 7 Plus eng kuchli smartfonlar bo‘lib qolmoqda

Smartfonlarning turli parametrlari, asosan, ularning ishlash tezligi va samaradorligini o‘lchaydigan Antutu benchmarki har oyda jahonning eng kuchli qurilmalari reytingini e’lon qilib keladi.

O‘tgan so‘nggi oylar davomida Qualcomm kompaniyasining eng ilg‘or Snapdragon 821 protsessorida ishlaydigan bir qator qurilmalar sotuvga chiqarildi. Garchi ushbu protsessorlar o‘rnatilgan smartfonlar chindan ham juda yuqori samaradorlikni qayd etsa-da, ular haligacha iPhone 7 va iPhone 7 Plus modellarini o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lmagan. iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlari Antutu versiyasi bo‘yicha 170 124 va 172 644 ball bilan yetakchilikni saqlab kelmoqda.

5P3Rt5IvGedocvz2kGkBMJ25WVvxxZX

Android smartfonlar orasida  LeEco Le Pro 3 haligacha eng kuchli qurilma bo‘lib qolmoqda. Biroq tez orada OnePlus 3T va Meizu Pro 6 Plus modellari undan o‘tib ketishi taxmin qilinmoqda.