Apple kutilmaganda iPhone 8 Plus ishlab chiqarilishini to‘xtatdi

  •   DiMaX
  •  1192
  •  15.03.2018 15:16

Apple kutilmaganda iPhone 8 Plus ishlab chiqarilishini to‘xtatdi

Boyagina MacRumors nashrida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Xitoydagi Wistron zavodining faoliyati to‘xtatilgan. Bu korxona Apple korporatsiyasining iPhone 8 Plus smartfonlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

O‘QING: iPhone X va Galaxy S9+’ning samaradorlik bo‘yicha «jonli» bellashuvi: kutilmagan natija!

«Chinese-language Commercial Times» gazetasida xabar qilinishicha, faoliyatining to‘xtatilishiga mazkur zavodda «ruxsat etilmagan butlovchi qismlar»dan foydalanilganligi sabab bo‘lgan. Kupertinolik gigant bu hamkori iPhone 8 Plus smartfonlarini yasashda Apple sertifikatiga ega bo‘lmagan qismlardan foydalangan, deya gumon qilmoqda. Shu masalaga oydinlik kiritish uchun zavod faoliyati ikki hafta muddatga to‘xtatilgan.

Ma’lum qilinishicha, shundan keyin Wistron yana buyurtmachining ishonchini qozonish maqsadida bir nechta mas’ul rahbarlarga jarima solgan. Garchi kompaniya vaziyatni izohlashdan bosh tortgan esa-da, Wistron aksiyalari 5 foizdan ortiq ko‘rsatkichga tushib ketgan.

Aytish kerakki, Apple uchun iPhone 8 Plus yetkazib berishda Wistron zavodi nisbatan kam ulushga ega, bu modelning 80 foizini Foxconn yetkazib beradi. Biroq Wistron ayfonlarning Hindistondagi asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Voqealar rivojini birga kuzatamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: iPhone X va boshqa Apple smartfonlarining narxlari (2018 yil 14 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.