Apple’ning O‘zbekiston mobil operatorlari orasidagi yagona hamkori iPhone X savdosini yo‘lga qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  4973
  •  26.12.2017 13:00

Apple’ning O‘zbekiston mobil operatorlari orasidagi yagona hamkori iPhone X savdosini yo‘lga qo‘ydi

Kupertinolik texnogigant O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari orasida birinchi bo‘lib Beeline Uzbekistan bilan hamkorlik boshladi. Mazkur operator hozirda o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari orqali Apple’ning yubiley ayfoni savdosini yo‘lga qo‘ydi. Bunda ilk xaridorlar uchun Yangi yil aksiyasi ham joriy etilgan.

O‘QING: Beeline abonentlarining iPhone‘larida 4G ishlay boshladi. Qanday yoqtirish mumkin?

Ayni damda Beeline’ning Toshkent shahridagi sho‘’balarida iPhone X superflagmanini xarid qilish imkoni mavjud. Uning narxlari: 64 gigabaytlik talqini uchun 12 640 000 so‘m, 256 gigabaytlik talqini uchun esa 14 510 000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, Yangi yil aksiyasi doirasida abonentga shu narx evaziga, ayfondan tashqari quyidagi bonuslar ham taqdim etiladi:

  1. Asl narxi 10 million so‘mdan oshiq bo‘lgan «oltin» raqam – bepul;
  2. «Status Platinum+» tarifi – bir oy mobaynida abonent to‘lovisiz;
  3. Platinum toifali Beeline Club kartasi.

Operator saytida ma’lum qilinishicha, aksiya 2017 yilning 31 dekabriga qadar davom etadi va undagi bonuslar soni cheklangan.

O‘QING: Beeline abonentlarining eng ko‘p beradigan savollari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!