AQSh da Huawei'ga qarshi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Hukumat nimadan cho‘chimoqda?

AQSh da Huawei'ga qarshi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Hukumat nimadan cho‘chimoqda?

Yaqinda poyoniga yetgan CES 2018 ko‘rgazmasiga borar ekan, Huawei kompaniyasi rahbari Las-Vegasda ishonch bilan kompaniyaning AQSh bozoriga kirishini e’lon qilishni o‘z oldiga bosh maqsad qilib qo‘ygan edi. Biroq, AQSh hukumati "tepasi"da turganlardan kimdir so‘nggi daqiqalarda bu kelishuvni bekor qildi.

Buning sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin. Xususan, AQSh hukumatining kiber va axborot xavfsizligi masalasida Huawei kompaniyasiga nisbatan ishonchsizligi. AQSh Senati a’zolaridan biri 2 ta xitoylik brend mahsulotlarini AQSh hududida taqiqlashga oid qonun loyihasini ham tayyorlagan. Unda Huawei va ZTE kompaniyalarining telekommunikatsiya uskunalaridan AQSh dagi hukumat binolari va tashkilotlarida foydalanishning cheklanishi bayon etilgan.

Shu kunlarda mazkur qonun loyihasining ko‘rilishi va qabul qilinishi aniq bo‘lib koldi. Buning asosiy sabablari qatorida mamlakat hududida kiber josuslikka qarshi kurashishdan iborat. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ikki brend Xitoy hukumati uchun ishlaydi.

Huawei yangi avlod aloqa texnologiyasi bo‘lgan 5G tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib bormoqda va bu yo‘nalishda yetakchilardan hisoblanadi. 5G tarmog‘ini qurish amerikaliklarning ham bosh maqsadiga aylangan. Bunda esa imkon qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilardan foydalangan ma’qul. Hukumat vakillarining fikricha, istiqbolda Xitoy bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kiber urushlarga hozirdanoq tayyor turish lozim.

Bundan tashqari, kongressmenlar va AQSh hukumati Huawei kompaniyasining jahon miqyosidagi nufuzi tobora mustahkam bo‘lib borayotganidan ham xavotirda. Buni esa to‘xtatb qolishning choralarini ko‘rish kerak.

Boshqa bir sabab sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashni aytish mumkin. Ayni paytda Huawei telekommunikatsiya sohasida (4G texnologiyasi uchun qurilmalar yetkazib berishda) yetakchi hisoblanadi va uning jahon miqyosidagi ulushi 29% ni tashkil qiladi. Shuningdek, telekommunikatsiya qurilmalari bozorida Nokia (26%), Ericsson (24%), ZTE (12%) va Samsung (5%) kompaniyalari ham peshqadam. Bu borada AQSh ning Cisco kompaniyasiga suyanish mumkin. Ekspertlarning fikricha, hukumatning bu qarorida Cisco kompaniyasining ham "ta’siri" bo‘lishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!