AQShda bir nechta Samsung kir yuvish mashinalari yonib ketdi

AQShda bir nechta Samsung kir yuvish mashinalari yonib ketdi

AQShning Texas, Jorjiya va Indiana shtatlarida yashaydigan foydalanuvchilar Samsung kir yuvish mashinalarining yonib ketishidan shikoyat qilishgan. Bundan tashqari, mazkur shtatlar iste’molchilari kompaniyaga qarshi sudga rasmiy da’vo bilan murojaat qilishgan. Bu haqda hi-tech.mail.ru nashri CNN Money resursiga tayanib xabar berdi.

Iste’molchilarning so‘zlariga qaraganda, faqat vertikal yuklash mexanizmidagi kir yuvish mashinalari faol jarayon paytida yonib ketgan. Texaslik MakAllena ismli foydalanuvchining aytishicha, portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, natijada garaj devoriga jiddiy zarar yetgan.

Kir yuvish mashinasi bilan bog‘liq bunday holatlar avvalroq Hotpoint qurilmalari bilan ham sodir bo‘lgan.

Hozircha AQShda Samsung kompaniyasining vakolatxonasi ushbu holatga nisbatan izoh bermagan. U shunchaki bu kabi holatlarni qanday bartaraf etish borasida ko‘rsatma berib o‘tgan, xolos.

AQSh iste’mol tovarlari xavfsizligi komissiyasining bergan bayonotiga ko‘ra, 2011-2016 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan vertikal yuklash mexanizmidagi Samsung kir yuvish mashinalarida patensial yonish xavfi bo‘lishi mumkin.

Hozircha Samsung kir yuvish mashinalari bilan aloqador yonib ketish holatlari faqat AQSh hududida qayd etilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!