Artel maishiy texnikasi Bojxona ittifoqi bozorlariga chiqadi

Artel maishiy texnikasi Bojxona ittifoqi bozorlariga chiqadi

Artel savdo markasi Bojxona ittifoqining muvofiqlik sertifikatini oldi. Bu xususda kompaniya saytida xabar berilmoqda.

Artel ma’lumotiga ko‘ra, sertifikat yagona Bojxona ittifoqi hududida kompaniya mahsulotlarini qo‘shimcha ruxsatnoma hujjatlarisiz sotilishiga imkon yaratadi.

Artel konditsionerlarining split-tizimi Bojxona ittifoqining Eurasian Conformity sertifikatini qo‘lga kiritdi. Kompaniya mazkur split-tizimni Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston bozorlarida sota oladi. Artel ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 20 foizga o‘sishini mo‘ljallamoqda.

Kelajakda Artel ishlab chiqaradigan barcha texnikasiga sertifikat olishni rejalashtirmoqda. Reja amalga oshgach, ittifoq bozorida kompaniyaning gaz plitalari, kir yuvish mashinalari, muzlatgich va televizorlarini uchratish mumkin bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.