Oukitel'ning O‘zbekistondagi hamyonbop va zamonaviy smartfonlari

Oukitel'ning O‘zbekistondagi hamyonbop va zamonaviy smartfonlari

Xitoyda 2007 yilda asos solingan Oukitel bugungi kunda biror bir ilg‘or jihatga ega va arzon smartfonlari bilan tanilmoqda. 1000 dan ziyod professional xodimlarga ega muassasa har yili jahon bo‘ylab 20 million dona smartfon sotadi. Quyida uning so‘nggi yillarda ommalashgan 3 ta gadjeti xususiyatlari haqida ma’lumot beramiz.

Oukitel C8

Shu yilning yozida taqdim qilingan Oukitel C8 boshlang‘ich narxli xitoylik smartfonlar orasida eng jozibadori bo‘lsa kerak.

Oukitel C8 devaysi 5.5 dyuymli, 2.5D shaklli shisha bilan qoplangan, 1280 x 640 pikselli ekranga ega bo‘lgan.

Android 7.0 tizimiga ega smartfon 4 yadroli, 1.3 Ggs chastota tezligiga ega protsessor, 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Smartfonda barmoq izlari skaneri ham mavjud.

2 sim-kartali gadjetdagi old kamera aniqligi 2 MP, bosh kamera esa 8 MP.

Oukitel C8'da yorug‘lik sensori, oraliq-masofa datchigi, GPS va Bluetooth, boshqa sensor va modullar mavjud.

Bu smartfon yurtimizda sanoqli miqdorda olib kelinsa ham, yaxshi sotiladi. Uning Xitoydagi narxi $69,99 dollar bo‘lsa, yurtimizdagi o‘rtacha bahosi 800 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mgacha.


Oukitel k6000 PRO

Bu gadjetning o‘ziga xosligi yirik akkumulyatori: tok sig‘imi 6000 mA soat. Oukitel k6000 PRO IP64 standarti asosida changdan himoyalangan alyuminiy korpusga ega. Uning 5,5 dyuymli ekrani 1920x1080 Full HD sig‘imli va har dyuymga 401 ta belgi to‘g‘ri keladi.

Undagi 64 bitli MediaTek MT6753 protsessori 8 yadroli va 1,3 GGs chastota tezligiga ega. Gadjetdagi operativ xotira 3 GB, doimiy xotira 32 GB. microSD yordamida uni kengaytirish mumkin. Smartfon Android 7.0 platformasida ishlaydi.

2 ta sim-kartali gadjteda 13 Mp (avtofokus, f/2,2, 2 tusdagi fotochaqnoq, 1080p video) bosh hamda 5 Mp (f/2,2, 480p video) old kamera mavjud.

Devaysda GPS, Bluetooth, Wi-Fi (802.11b/g/n) kabi zamonaviy sensorlar mavjud.

Oukitel k6000 PRO yurtimizda o‘rtacha 1 million so‘mdan sotilmoqda.


Oukitel K5000

2017 yilning 20 oktyabridan buyurtma berish boshlangan Oukitel K5000 ham 5000 mA soat sig‘imli batareyasi bilan o‘ziga xos. Korpus qalinligi 10,8 mm bo‘lgan smartfon uchun bu -- katta yutuq. Ustiga-ustak bu akkumulyator tezkor quvvat oladi. Va, bir quvvatlash bilan 3 kun "yashaydi".

Oukitel K5000 5,7 dyuymli, yupqa romli va tomonlari nisbati 18:9 standartidagi, piksel sig‘imi 720 x 1440 belgiga (HD) teng ekran bilan ta’minlangan.

Apparat ta’minoti uchun quvvat tejaydigan 8 yadroli MediaTek MT6750T protsessori hamda 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. K5000 Android 7.0 Nougat tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Orqa panelda esa tezkor faoliyatga ega barmoq izlari skaneri mavjud.

Oukitel K5000 mamlakatimizda 1 900 000 so‘mdan sotilmoqda.

Yuqorida nomi qayd etilgan gadjetlar O‘zbekiston smartfon bozorida asta-sekin ommalashmoqda. Ularni xarid qilish istagida bo‘lsangiz, olx.uz platformasidan ham izlab ko‘ring.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.