Atigi 108 dollarlik 4G-smartfon chiqdi

  •   DiMaX
  •  1218
  •  22.02.2018 10:14

Atigi 108 dollarlik 4G-smartfon chiqdi

TP-Link kompaniyasi yaqin orada Rossiyada Neffos Y5s smartfonining savdosi boshlanishini ma’lum qildi. Ushbu model to‘rtinchi avlod – 4G LTE uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi hamyonbop smartfondir.

O‘QING: MDC Prime Lite – bir million so‘mlik, HD-ekranli va qo‘sh kamerali smartfon!

Neffos Y5s smartfoni diagonali 5 dyuymga, tasvir aniqligi 720x1280 pikselga (HD formati) teng bo‘lgan IPS-displey bilan jihozlangan. Uning bosh kamerasi 8, selfi-kamerasi esa 2 megapikselli datchikka ega. Gadjet to‘rt yadroli Qualcomm MSM8909AA protsessori bazasida ishlaydi, tezkor xotirasi 2 gigabaytlik. Uning 16 gigabaytlik flesh-xotirasini esa microSD formatidagi kartasi yordamida yana 32 gigabaytga kengaytirish imkoni bor.

Android 7.1 Nougat operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi bu telefonning akkumulyatori sig‘imi 2450 mA/soatni tashkil etadi. Ikkita SIM-karta bo‘lmachasiga, 4G LTE, Wi-Fi (802.11b/g/n), Bluetooth: 4.1 hamda FM-radio modullariga ega.

Neffos Y5s smartfoni joriy oyning oxirida, qora rangda bozorga chiqarilishi aytilmoqda. Uning tavsiya etilgan narxi 6999 rublni tashkil etadi, bu esa taxminan 108 AQSh dollariga teng.

O‘QING: Bozorlarimizdagi arzon smartfonlarning narxlari va xususiyatlarini solishtiramiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!