Atigi 60 dollarga «qo‘sh ko‘zli» smartfon olasizmi?

  •   DiMaX
  •  4734
  •  27.07.2017 17:03

Atigi 60 dollarga «qo‘sh ko‘zli» smartfon olasizmi?

Keyingi paytlarda smartfonlarning qo‘shaloq kameraga ega bo‘lishi trendga aylanib bormoqda. Endi «qo‘sh ko‘zli»lik faqat flagmanlar uchungina xos bo‘lish doirasidan chiqib ulgurdi – o‘rta narx segmentidagi va hatto hamyonbop telefonlarga ham ikkita modulli kamera o‘rnatishmoqda.

Xo‘sh, atigi 60 dollar turadigan smartfonda ham qo‘shaloq kamera bo‘lishiga qanday qaraysiz? Ishonmaysizmi?

Lekin shunaqa qurilma bor, uni Xitoydagi LEAGOO kompaniyasi ishlab chiqargan. Mazkur smartfon KIICAA Power deb nomlanadi va AliExpress’da u bor-yo‘g‘i 59,99 AQSh dollari narxida sotilmoqda.

KIICAA Power nafaqat 8 va 5 megapikselli ikkita modulga ega kamerasi bilan, balki 4000 mA/soat sig‘imli akkumulyatori bilan ham e’tiborga loyiq. Mazkur batareya tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi ham ahamiyatli – shunaqa salmoqdor akkumulyatorning tez to‘ldirilishi uchun buyam kerak-da!

Devaysning boshqa xususiyatlari ham chakkimas: 1280x720 pikselli (piksellar zichligi 400 ppi), diagonali 5 dyuymli displeyi bor. Korpusining orqa paneliga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri smartfonni 0,3 soniyada blokdan chiqara oladigan darajada tezkor ishlaydi. Gadjetga Android 7.0 operatsion tizim versiyasi o‘rnatilgan.

Hozirda LEAGOO KIICAA Power smartfonini vaqtinchalik aksiya bo‘yicha sotuvga qo‘yishgan. Ammo aksiya tugaganidan keyin ham uning narxi atigi 10 dollarga oshadi.

Agarda o‘z do‘stlaringizni qo‘sh kamerali smartfon bilan qoyil qoldirishni istasangiz, mana shu model – juda yaxshi tanlov. Shuningdek, yaqinlaringizdan birortasiga sovg‘a qilish uchun ham LEAGOO KIICAA Power xarid qilsangiz arziydi – arzimagan pulga ajoyib smartfon!

Xullas, uning qolgan xususiyatlari bilan batafsil tanishish va xarid qilish uchun mana bu havola orqali kerakli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!