Avctraliya aviakompaniyalari samolyot bortida Samsung Galaxy Note7’dan foydalanishni taqiqladi

Avctraliya aviakompaniyalari samolyot bortida Samsung Galaxy Note7’dan foydalanishni taqiqladi

Avctraliyaning uchta yirik aviakompaniyalari Qantas, Jetstar va Virgin Australia samolyot bortida
Galaxy Note7 smartfonidan foydalanishga cheklov qo‘yishdi. Janubiy Koreyalik gigant o‘zining flagman fabletini dunyo bo‘ylab rasman qaytarib olayotgani aviakompaniyalarni shunday qaror chiqarishga majbur qilgan. Bu haqda regnum nashri xabar bergan.

Avgust oyining boshida global taqdimoti o‘tkazilgan mazkur telefonning batareyasida yuzaga kelgan nosozlik natijasida yonib ketish xavfi aniqlanganligi sababli Samsung Electronics sotilgan 2,5 mln dona apparatni qaytarib olayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning fevralida Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti (BMT agentligi hisoblanadi) samolyot bortiga litiy-ionli batareyalarni olib kirishni taqiqlagan edi. Bunga ushbu batareyalarning yong‘in keltirib chiqarishdagi ehtimoli sabab bo‘lgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!