Avstraliya do‘konlarida ilk robot-yordamchilar xizmat qilishni boshladi

Avstraliya do‘konlarida ilk robot-yordamchilar xizmat qilishni boshladi

Robotlar turmushning turli jabhalariga kirib kelishda davom etmoqda. Joryi haftada Sidney va Melbern shaharlaridagi Stockland kompaniyasining savdo markazlarida birinchi robotlashtirilgan yordamchilar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda 4PDA nashri.

Robotlarga Chip degan nom berilgan, bo‘yi 1,7 metr, og‘irligi 100 kilogrammni tashkil qiladi. Robotlarga 12,1 dyuymli sensorli ekran o‘rnatilgan  bo‘lib, u orqali xaridorlar chegirma yoki mahsulot rastasining o‘rni kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Robotlar kamera, lazer, ultratovushli skaner, mikrofon va dinamiklar bilan jihozlangan, bu esa ularga xaridorlarni yuzini aniqlash va savollarga javob qaytarishga yordam beradi. Shuningdek, Avstraliyaning beshta ilg‘or universitetlarida tahsil oladigan ijtimoiy robotexnika bilan shug‘ullanadigan talabalarga ushbu robotlar ustida tajribalar o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!