Axborot texnologiyalari biznesining yillik qiymati $4 trln.ni tashkil etdi

Axborot texnologiyalari biznesining yillik qiymati $4 trln.ni tashkil etdi

 

So‘nggi tadqiqot natijalari jahon axborot texnologiyalari bozorining ko‘lam va yo‘nalish jihatdan jadal o‘sayotganini ko‘rsatmoqda.

CompTIA axborot texnologiyalari sohasida tadqiqot va marketing muassasasi AKT sohasida faoliyat ko‘rsatadigan 670 dan ziyod hukumat, biznes tashkilotlari, mutaxassis va ekspertlar o‘rtasida so‘rov hamda tadqiqot o‘tkazib, jahon miqyosida axborot texnologiyalari savdosiga oid statistikani e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bugunga kelib dunyo miqyosida axborot texnologiyalari biznesining yillik qiymati deyarli 4 trillion AQSh dollarini tashkil etimoqda. Shuning 31 foizi AQSh, 24 foizi Yevropa hamda 29 foizi Osiyo mamlakatlari  hissasiga to‘g‘ri keladi. Jahonda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislar soni 5 million nafarni tashkil qilmoqda.

IT-apparat vositalari, ya’ni serverlar, personal kompyuterlar, ma’lumotni qayta ishlash, smartfon, planshet, tarmoq va boshqa telekommunikatsiya vositalari savdosi axborot texnologiyalari bozorining qariyb chorak qismini egallaydi. Undan so‘nggi o‘rinlarni xizmat ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlar band qilib turibdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.