Axborot texnologiyalari sohasidagi eng mashhur brendlar ma’nosi

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng mashhur brendlar ma’nosi

Apple — kompaniya asoschisi Stiv Jobsning sevimli mevasi olma edi. Shunda Stiv Jobs xodimlariga firma nomini o‘ylab topish uchun vaqt beradi, agar topa olishmasa yoqtirgan mevasini firma nomi sifatida qo‘yishini aytadi va…

Adobe — mazkur firma asoschisi Jona Vornok hisoblanadi. U firma nomi sifatida uyining oldidan oqib o‘tadigan ko‘l nomini tanladi.

Asus — kompaniyaga 1989 yilda Xitoyda asos solingan bo‘lib, xo‘jalik elektronikasini ishlab chiqarishga asoslangan. Uning nomi esa Pegasus (Pegas) —qadimgi Rim mifologiyasida qanotli ot atamasidan yasalgan.

Cisco — Ko‘pchilik o‘ylaganidek, bu firma qisqartma ismlardan tashkil topgan emas, balki San Fransisko shahrining oxirgi bo‘g‘inlaridir.

Corel — Bu ism firma asoschisi Maykl Kopland familiyasining bosh bo‘g‘inlaridan olingan.

Dell — Amerikaning dunyoga mashhur kompyuter ishlab chiqaruvchisiga 1984 yilda Maykl Dell tomonidan asos solingan. Ko‘rinib turibdiki, kompaniya nomi asoschining familiyasidan olingan.

Google — Matematikada bu nom bir va yuzta nol degan ma’noni beradi(1000000…).

Hotmail — Jek Smit nomli inson firma yaratadi va o‘zining pochtalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan firma nomini uzoq vaqt qidiradi, u oxiri “mail”so‘zi boshiga har xil nomlar qo‘yada va oxiri “hotmail” nomida to‘xtaydi. Chunki bu nomda veb sahifalar yaratish uchun mo‘ljallangan “HTML”gipermatn tilining barcha harflari ishtrok etadi.

Hewlett Packard (HP) — Bill Xyulett va Deyv Pakkard bu firmaning asoschilari hisoblanishadi va ular firma nomi Hewlett Packard yoki Packard Hewlett bo‘lishi borasida kelisha olishmay tanga tashash orqali aniqlash lozimligini anglashadi va natijaga guvohsiz.

Instagram — bo‘ so‘zni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib bo‘lmaydi. U Instant – “bir zumda”, “lahzada” hamda Telegram – “telegramma” so‘zlari qo‘shilmasidan yasalgan.

Intel — Bob Noys va Gordon Mur o‘z firmalariga Mur Noycye nomini berishmoqchi bo‘lishadi, lekin u tarmoqli mehmonxonalardan birining nomi edi, shu sababli ular firma nomi sifatida internal (ichki) electronic (elektronika) so‘zlarining yig‘indisini olishdi.

Microsoft — Bill Geyts kompyuterlar uchun yaratiladigan dasturiy to‘plamiga oid firmasini Micro-Soft (mikro dasturlar) nomini berishga qaror qilgan va keyinchalik defis(-) olib tashlangan. Bill Gates sarguzashtlari bu firmani mashhurlikka olib chiqdi.

Motorola — Dastlab bu firma mashinalar uchun radio chiqarar edi va firma asoschisi Pol Galvin o‘z firmasini o‘sha paytlardagi mashhur radio nomini asos qilib, Motorola deb qo‘ygan, o‘sha paytlarda bu radio nomi Victorola edi.

NVIDIA — grafik protsessorlar (GPU), mediaprotsessor va chipsetlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyaga Jen-Xsun Xuang (Jen-Hsun Huang), Kartis Prem (Curtis Priem) va Kris Malachovski (Chris Malachowsky) tomonidan asos solingan. Kompaniya nomiga kelsak, birmuncha murakkb tuzilishga ega: undagi birinchi “N” harfi matematikadagi natural son belgisi bo‘lsa, VIDIA — lotincha “videre”, ya’ni “ko‘rmoq” ma’nosini anglatadi. Yakunda esa “ko‘p marotaba ko‘rish” degan ma’noni o‘zida mujassamladi.

Yahoo! — Bu so‘zni dastlab Jonatan Svift o‘zining «Gulliverning sayohati» kitobida ishlatgan. So‘ng bu so‘z firma asoschisi Jerri Yang va Devid Filoga manzur kelgan. Ular shu orqali o‘zlarini shunday hursand ekanliklarini bildirishgan. Hozirda bu nom Yet Another Hierarchical Officious Oracle deb yuritiladi.

Fuji — Yaponiyadagi eng baland tog‘ nomi Fudzi sharafiga qo‘yilgan.

Honda — firma asoschisi Soichiro Honda nomiga qo‘yilgan.

Kawasaki — firma asoschisi Shozo Kawasaki nomiga qo‘yilgan.

IBM — International Business Machines (Biznes uchun xalqaro mashina) qisqartmasidan olingan.

Kodak – firma assoschisi Jorj Istmen “K” harfini juda yaxshi ko‘rar edi va u o‘z firmasi nomini bosh va oxirgi harfini K sifatida ko‘rmoqchi bo‘ldi va juda uzoq qidirdi. Shundan so‘ng u “Kodak” nomida to‘xtaldi. Undan tashqari bu K xarfi barcha tillarda bir hil ko‘rinishda yozilar edi.

LG — 2 ta koreys brandlaring qo‘shilishi – Lucky va Goldstar.

NEC — 1983 yilda Nippon Electric Company so‘zlarining qisqartmasidan olingan.

Reebok –afrika yerlaridagi juda tez yuguruvchi antilop nomiga qo‘yilgan.

3Com — bu firma nomi matematik amaldan olingan, ya’ni “Computer Communication Compatibility Corporation” atamalarining bosh 3 ta harfidan foydalanilgan.

Sanyo – Xitoy tilidan tarjima qilganda “3 ta oken” degan ma’noni beradi.

Samsung – koreys tilidan tarjima qilganda “3 ta yulduz” ma’nosini beradi.

Sony – lotincha sonus (“ovoz”) va inglizcha sunny boys (“xushchaqchaq do‘stlar”) so‘zlari kombinatsiyasidan yasalgan. Aslida bu so‘z Sonny bo‘lishi kerak edi. Ammo yaponchacha “son” va “ni” so‘zlari muvaffaqiyatsiz biznes degan ma’noni anglatgani bois undagi bitta “n” olib tashlangan va dunyoda mavjud bo‘lmagan yangi so‘z paydo bo‘lgan.

Xiaomi – “Shyaomi” deya talaffuz qilinadigan kompaniyaning nomi Xiao – “kichkina” va mi – “guruch” so‘zlaridan yasalgan.

Philips – firma asoschisi Fridrix Filips nomiga qo‘yilgan. 1891 yil Eydxovenda tashkil etilgan va o‘sha paytlarda lampochka ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Hozirda lampochkalarga qo‘shib yana bir necha xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqilmoqda.

items.itportal.uz sayti va internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.