Ishdan haydalgan Google xodimi kompaniyani tarixning zulmkor lagerlaridan biriga o‘xshatdi

Ishdan haydalgan Google xodimi kompaniyani tarixning zulmkor lagerlaridan biriga o‘xshatdi

Internet tarmog‘idagi fikrlari bois yaqindagina ishdan haydalgan Jeyms Damore o‘zining yangi Twitter sahifasida Google kompaniyasini masxara qiluvchi futbolkadagi suratini qo‘ydi. Futbolkadagi “Goolag” so‘zi "quloq" degan ma’noni bildirib, sobiq muhandis bu orqali "kremniy vodiysi"ning yirik vakilini Sovet ittifoqidagi quloq qilingan, ochlik va tazyiq ostida mehnat qildirilgan odamlarning lagerlariga o‘xshatgan. Sovetlarning quloqlashtirish siyosati 20-asrning mudhish genotsidlari qatoriga kiritilgan. 

Google esa jahondagi eng saxiy IT-kompaniyalardan sanaladi. U o‘z xizmatchilariga bepul ovqat, massaj hamda fitnes mashg‘ulotlarini taklif qiladi. Uning Damore kabi muhandislari yiliga kamida $162,000 dollar maosh olishadi. Shuningdek, kompaniya xodimlarining salomatligi hamda salohiyatini oshiruvchi boshqa ko‘plab bepul loyihalarni ham amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, Jeyms Damore ayollarni  ba’zi ishlarga biologik jihatdan ojiz ekanliklari xususidagi fikrlari uchun ishdan haydalgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.