“Bayroq+0+kamalak” kombinatsiyasi iPhone`ni ishdan chiqarmoqda

“Bayroq+0+kamalak” kombinatsiyasi iPhone`ni ishdan chiqarmoqda

Foydalanuvchi Preston159 uchta belgidan iborat xabar iOS 10 tizimini qotirayotganini aniqladi, deb yozmoqda hi-tech.mail.ru.

Unga ko‘ra, agar iPhone`ga “bayroq+0+kamalak” kombinatsiyasi yuborilsa, uni qabul qilish chog‘ida iOS 10 ularni birlashtirishga harakat qiladi, biroq dasturdagi xatolik tufayli buni amalga oshirib bo‘lmaydi. Natijada iPhone yoki iPad qotib qoladi va hech qanday buyruqlarga javob qaytarmaydi.

Muallif ushbu muammoni yechishni usulini ham taqdim etgan. iPhone yoki iPad`ni yana “hayotga qaytarish” uchun qurilmani qayta o‘chirib yoqib, https://vincedes3.com/save.html havolasi bo‘yicha o‘tish samara beradi. Takrorlashga urinmmang!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!