.bank domeni Yevropada ommalashyapti

.bank domeni Yevropada ommalashyapti

 2015 yil iyunida AQShda .bank domen hududi ochilganidan beri 4 mingdan ortiq korxona-tashkilotlar qayddan o‘tdi. Keyinchalik Yevropada ham yangi domenga talab kuchaya boshladi. Hozirda Yevropaning 500tacha banklari .bank domenida sayt ochgan.

Yangi domenda saytni buzishdan qo‘shimcha himoya tizimi mavjud. Bu ishonchli va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

. bank domeni narxi 1500 dollar atrofida. Narx balandligining sababi xavfsizlik kafolatidir.