Beeline 3G tarmog‘ini Surxondaryo viloyatida kengaytirdi

Beeline 3G tarmog‘ini Surxondaryo viloyatida kengaytirdi

Beeline aloqa operatori Surxondaryo viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Termiz shahrining Ibn Sino va Yunus Rajabiy ko‘chalari, shuningdek Denov shahrining Boysun ko‘chasi bo‘ylab yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi, deydi Beeline aloqa operatori.

Surxondaryo viloyati aholisi uchun qo‘shimcha baza stansiyalarining ishga tushirilishi aloqa sifati va yuqori tezlikdagi mobil Internetning avzalliklaridan foydalanishga imkon beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!