Beeline abonentlarining eng ko‘p beradigan savollari

Beeline abonentlarining eng ko‘p beradigan savollari

Beeline noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlardagi kompaniyaning korporativ sahifalari orqali abonentlardan tushgan eng ko‘p savollar ro‘yxati va ularga javoblarni tayyorladi.

Cavol

 

Javob

Kontent-xizmatlarni qanday qilib o‘chirish mumkin?

 

 

 

 

 

0611 raqami orqali mutaxassis bilan bog‘lanib, kontent xizmatiga obuna bo‘lishni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin, yoki quyidagi havola bo‘yicha mustaqil ravishda o‘chirish mumkin https://beeline.uz/tashkentskaya-obl/customers/mobile/entertainment/CronMobileContent

4Gni qanday qilib sozlash mumkin?

 

Tarmoq  LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi. 4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:https://static.beeline.uz/upload/images/4g/Devices_LTE_850.pdf  

 

Pullarim qayerga ketadi?

 

Balansning kamayishi abonent tarafidan kompaniyaning xizmatlaridan foydalanishni aks ettiradi. Bu SMS-xabarlar, internetga ulanish, roumingda telefondan foydalanish, abonent to‘loviga ega va pullik qo‘shimcha xizmatlarni yoqish, shuningdek qisqa raqamlardan foydalanib, kontent-provayderlar xizmatlaridan foydalanish chog‘ida amalga oshiriladi. Hisobdagi mablag‘ miqdorini nazorat qilish uchun *102# buyrug‘idan foydalanish, 0697 bepul raqamiga qo‘ng‘iriq qilish, yoki "Beeline Uzbekistan" ilovasi orqali detalizatsiyaga buyruq berish mumkin. Ilovani mobil telefoningizga o‘rnatish uchun *1# USSD-kodi orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Boshqa mamlakatga nega qo‘ng‘iroq qila olmayman?

 

Agar siz oldindan to‘ov tizimi abonenti bo‘sangiz, xalqaro qo‘ng‘iroqlarni istagan paytda amalga oshirishingiz mumkin, siz xizmatni ulashingiz shart emas. Agar siz postpaid to‘lov tizimi abonenti bo‘lsangiz, xalqaro aloqa o‘rnatish uchun siz kompaniya ofislariga yozma ariza bilan murojaat qilishingiz va kafolat summasiga 421 000 so‘m miqdorida depozit qo‘yishingiz kerak.

Qanday qilib qarzga mablag‘ olishim mumkin?

 

Xizmatdan foydalanish uchun hisobingizda kamida minus 842 so‘m bo‘lishi, yoki 18 945 so‘mdan oshmasligi kerak. Xizmatni yoqtirish uchun 064046 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish lozim. So‘nggi uch oy davomida abonent o‘rtacha miqdordagi telekommunikatsiya xizmatlari uchun qancha sarflanganiga qarab, hisobni to‘ldirish uchun 1894,5 so‘mdan 21050 so‘mgacha qarz beriladi.

Yo‘qotilgan raqamni qayta tiklash mumkinmi?

Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida telefon raqami va tarif rejasini saqlab qolgan holda, yangi SIM-karta olish mumkin. Abonent ofisga pasporti bilan tashrif buyurishi lozim.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.