Beeline “Beepul” to‘lov tizimi orqali yig‘iladigan bonuslarning amal qilish muddatini uzaytirdi

Beeline “Beepul” to‘lov tizimi orqali yig‘iladigan bonuslarning amal qilish muddatini uzaytirdi

Beeline aloqa operatori Beepul to‘lov tizimida noyob bonuslarning amal qilish muddati uzaytirilgani haqida xabar beradi. BEEP bonus dasturi 2018 yilning 30 noyabr kuniga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, har bir abonent Bepul orqali to‘lovlarni amalga oshirganda bonusli BEEP‘larni qo‘lga kiritadi va ularni kompaniya xizmatlariga almashtirish mumkin. 1000 so‘mlik harajat evaziga 1 BEEP taqdim etiladi. To‘plangan BEEP‘larni internet-to‘plamlar, tarmoq ichidagi daqiqalar va O‘zbekiston bo‘ylab SMS’larga almashtirish mumkin.

Daqiqa, SMS va Mb paketlari faqatgina avvaldan to‘lov tizimi abonentlari uchun amal qiladi.

To‘plangan BEEP‘lar miqdorini Beepul ilovasi yoki *999# USSD-kodi orqali bilish mumkin. Daqiqa, SMS va Mb 7 kun muddatiga taqdim etiladi.

Beepul ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.olsoft.mats.prod&hl=ru

https://itunes.apple.com/us/app/beepul/id1168589903?mt=8

https://www.microsoft.com/ru-ru/store/p/beepul/9nrb9g3qr5kp