Beeline bepul xalqaro aloqa taqdim etuvchi aksiyaning amal qilish muddatini uzaytirdi

Beeline bepul xalqaro aloqa taqdim etuvchi aksiyaning amal qilish muddatini uzaytirdi

Beeline aloqa operatori bepul xalqaro aloqa taqdim etuvchi aksiyaning amal qilish muddati uzaytirilgani haqida xabar beradi.

Aksiya doirasida Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston hududida hisoblarini to‘ldirgan Beeline O‘zbekiston abonentlari «Bilayn Rossiya» bilan muloqot uchun – bonusli 10 bepul daqiqaga ega bo‘ladilar. O‘z hisoblarini bir marotabaning o‘zida $3 va undan ortiq mablag‘ga to‘ldirgan abonentlar 10 bepul daqiqaga ega bo‘ladilar. Bepul daqiqalar Hisob to‘ldirilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amal qiladi. Bonusli halqaro daqiqalarni tekshirish kodi *112#.

Aksiya 2017 yilning 31 dekabr kuniga qadar amal qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!