Beeline Business “Business” tarif rejalarini yangiladi
Beeline Business “Business” tariflar qatori yangilangani haqida xabar beradi. Endi eski narx evaziga abonentlar ikki marotabadan ortiq internet-trafikga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari abonentlarga ularning tarif rejasiga kiritilgan trafikning teng miqdori 4G tarmog‘i uchun ham amal qiladi.
Tarif rejasi Avval Hozir + 4G tarmog‘i uchun
Business Silver 750 1500 Mb 1500 Mb
Business Gold 1500 4500 Mb 4500 Mb
Business Platinum 3000 9000 Mb 9000 Mb
“Tez qaror qabul qilish, bozor sharoitlariga moslashish va xarajatlarni aniq rejalashtirish zaruriyati – bularning barchasi yirik va kichik biznesni birlashtiradi. Beeline Business bozor talablarini avvaldan tushunib, mijozlarning kundalik vazifalarini hal qilish uchun qulay vositalarni taqdim etishga intiladi. Biz kompaniyalarning har qanday o‘lchamdagi va har qanday ehtiyojlar bilan mobil aloqa resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan shunday takliflarni joriy qildik”, — deb aytib o‘tdi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov.