Beeline Buxoro viloyatining qator tumanlarida tarmoqni kengaytirdi

Beeline Buxoro viloyatining qator tumanlarida tarmoqni kengaytirdi

Beeline respublikaning Janubi-G‘arbiy qismida 3G tarmog‘ining qoplami kengaygani va yangi tayanch stansiyalari ishga tushirilgani haqida xabar beradi.

Tarmoq va uning qoplami kengayishi natijasida Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon va Qorako‘l tumanlarida aloqa sifati yaxshilandi. Shuningdek, yangi tayanch stansiyasi qurilishi natijasida Dehcha qishlog‘ida tarmoq qoplami yaxshilandi.

“Texnik mutaxassislar tarmoqning imkoniyatlarini kengaytirish va aholini sifatli aloqa bilan ta’minlash uchun qamrov doirasini poytaxtdan to uzoq qishloqlargacha kengaytirish uchun doimiy ravishda ish olib borishmoqda, - dedi Unitel‘ning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali direktori G‘ulom Ortiqov. – Har kuni abonentlardan kelib tushgan so‘rov va takliflarni hisobga olgan holda, tarmoq rivojlanishini rejalashtiramiz".

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!