Beeline “Erkin muloqot” va “Erkin muloqot+” xizmatlarining amal qilish muddatini uzaytirmoqda

Beeline “Erkin muloqot” va “Erkin muloqot+” xizmatlarining amal qilish muddatini uzaytirmoqda

Beeline aloqa operatori “Erkin muloqot” va “Erkin muloqot+” xizmatlarining amal qilish muddati uzaytirilgani haqida xabar beradi.

“Erkin muloqot” xizmatiga Qoraqalpog‘iston respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyati abonentlari ulanishlari mumkin. Hisobni $1,99 to‘ldirib abonentlar tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘ylab 500 SMS va 15 kunga 20 Mb internet-trafikni qo‘lga kiritadilar. Xizmatni yoqish kodi *110*230#

“Erkin muloqot+” xizmatiga Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati abonentlari ulanishlari mumkin. Hisobni $2,99 to‘ldirib abonentlar O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlari uchun 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘ylab 500 SMS va 15 kunga 20 Mb internet-trafikni qo‘lga kiritadilar. Xizmatni yoqish kodi *110*225#

Xizmat “Status”, “Status Online”, “Be-Smart” va “Klik” tarif rejalaridan tashqari avvaldan to‘lov tizimi abonentlari uchun mavjud. 15 kun mobaynida xizmat qayta yoqtirilsa, daqiqalar, SMS va megabaytlar miqdori qo‘shiladi va ularning amal qilish muddati uzaytiriladi.

Xizmatlar 2016 yilning 30 noyabr kuniga qadar amal qiladi. Tafsilotlar Beeline saytida.