Beeline «Erkin muloqot» xizmatida qo‘shimcha magabaytlar taqdim etmoqda

Beeline «Erkin muloqot» xizmatida qo‘shimcha magabaytlar taqdim etmoqda

Beeline aloqa operatori «Erkin muloqot» xizmatiga qo‘shimcha Internet joriy etilgani haqida xabar beradi.

Xizmat «Status+», «Bir», «Klik» va «Status Silver» tarif rejalaridan tashqari avvaldan to‘lov tizimi abonentlari uchun mavjud. Xisobni $1,99 to‘ldirib abonentlar tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘ylab 500 SMS va 15 kunga 200 Mb internet-trafik, shuningdek Facebook, Odnoklassniki, Muloqot.uz, Davra.uz ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlari uchun 200 Mb internet-trafikni qo‘lga kiritadilar. Xizmatni yoqish kodi *110*230#

15 kun mobaynida xizmat qayta yoqtirilsa, daqiqalar, SMS va megabaytlar miqdori qo‘shiladi va ularning amal qilish muddati uzaytiriladi. Qolgan daqiqa va Mb miqdorini *100# kodi orqali, qolgan SMS miqdorini *105# kodi orqali bilish mumkin.