Beeline “Erkin muloqot” xizmatining geografiyasini kengaytirmoqda

Beeline “Erkin muloqot” xizmatining geografiyasini kengaytirmoqda

Beeline aloqa operatori “Erkin muloqot” xizmatining geografiyasi kengaytirilgani haqida xabar beradi. Endilikda xizmatga Toshkent shahri, shuningdek Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining abonentlari ham ulanishlari mumkin.

Hisobni $1,99 to‘ldirib abonentlar tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun 500 daqiqa. O‘zbekiston bo‘ylab 500 SMS va 15 kunga 20 Mb internet-trafikni qo‘lga kiritadilar. Xizmatni yoqish kodi *110*230#

15 kun mobaynida xizmat qayta yoqtirilsa, daqiqalar, SMS va megabaytlar miqdori qo‘shiladi va ularning amal qilish muddati uzaytiriladi. Xizmat Status, Status Online, Be-Smart va “Klik” tarif rejalaridan tashqari avvaldan to‘lov tizimi abonentlari uchun mavjud.

Xizmat 2016 yilning 30 noyabr kuniga qadar amal qiladi. Qolgan daqiqa va Mb miqdorini *100# kodi orqali, qolgan SMS miqdorini *105# kodi orqali bilish mumkin.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!