Beeline Farg‘ona vodiysida tarmoq sig‘imini kengaytirmoqda

Beeline Farg‘ona vodiysida tarmoq sig‘imini kengaytirmoqda

Beeline aloqa operatori Farg‘ona viloyati hududida tarmoq sig‘imi kengaygani haqida xabar berdi.

Qo‘shimcha moslamalarning o‘rnatilishi natijasida Qo‘qonning Usto Bozor ko‘chasida, Marg‘ilonning Tinchlik va Mustaqillik ko‘chalarida, Farg‘onaning Sayilgoh ko‘chasida, shuningdek Farg‘ona viloyatining Dang‘ara, Qo‘shtepa va O‘zbekiston tumanlarida aloqa va mobil Internet sifati yaxshilandi, deya xabar beradi aloqa operatori.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi vaqt mobaynida Farg‘ona viloyatida 70ga yaqin 3G baza stansiyalari ishga tushirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!