Beeline Navoiy viloyatida tarmoqni kengaytirdi

Beeline Navoiy viloyatida tarmoqni kengaytirdi

Beeline aloqa operatori Janubi-G‘arbiy hududiy filialida 3G tarmog‘ining hajmi va tarmoq qoplami kengaygani haqida xabar beradi. Tarmoqning navbatdagi modernizatsiya qilinishi natijasida Navoiy viloyatida signal sifati yaxshilandi, deydi Beeline aloqa operatori.

“Navoiy shahrida, shuningdek Qiziltepa tumanida qo‘shimcha baza stansiyalari o‘rnatildi. Hududimizdagi abonentlarni ishonchli va sifatli aloqa bilan ta’minlash maqsadida, mutaxassislarimiz tarmoqni rivojkantirish bo‘yicha ishlarni doimiy ravishda olib boradilar, va shu bilan telekom-bozorining yetakchisi nomini mustahkamlaydilar”, – belgilab o‘tdi Unitel‘ning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali direktori G‘ulom Ortiqov.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!