Beeline poytaxtda tarmoq qoplamini kengaytirmoqda

Beeline poytaxtda tarmoq qoplamini kengaytirmoqda

Beeline aloqa operatori Toshkent shahrida tarmoq hajmi va qoplam doirasi kengaygani haqida xabar beradi.

Yangi baza stansiyalari Yakkasaroy tumanining Sh. Rustaveli ko‘chasi, Mirzo-Ulug‘bek tumanining Qurbonov va Intizor ko‘chalari bo‘ylab, Mirobod tumanining Shaxrisabz va O‘zbekiston ko‘chalari bo‘ylab, shuningdek Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chalari bo‘ylab ishga tushirildi.

Qo‘shimcha stansiyalarning ishga tushishi poytaxt aholisiga aloqa sifati va mobil internetning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi.