Beeline Qashqadaryoda "3G" tarmog‘ini kengaytirmoqda

Beeline Qashqadaryoda

Beeline aloqa operatori Qashqadaryo viloyatida tarmoq hajmi va doira qoplami kengaygani haqida xabar beradi. Yangi baza stansiyalari Kitob shahrining Shahrisabz ko‘chasida va Guzar shahrining Amir Temur ko‘chasida ishga tushirildi.

Bu esa ushbu xududda 3G tarmog‘i imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Qo‘shimcha stansiyalarning ishga tushishi Qashqadaryo viloyatining aholisi mobil internetning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!