Beeline Toshkent viloyatida 20dan ziyod baza stansiyalarini ishga tushirdi
Beeline aloqa operatori O‘zbekistonning barcha hududlarida tarmoq hajmi va qamrov doirasini kengaytirishda davom etmoqda. Oyning boshidan Toshkent viloyatida uchinchi avlod tarmog‘ida ishlaydigan 20dan ziyod tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.
Tayanch stansiyalari
Toshkent viloyatining Alisher Navoiy, Qorasuv, Oq-Ota, Ko‘ksaroy, Surankent,
Tolovul, Toshtug‘on, Xasanboy, Shoralisoy, Erkinlik va Yangi Qo‘rg‘on aholi
punktlarida ishga tushirildi.
Tarmoq infratuzilmasining yangi ob’yektlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Buka, Zangiota, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlarida 3G tarmog‘i doirasini kengaytirish va aloqa sifatini yaxshilashga imkon yaratdi.