Beeline yangi tarif rejasini joriy qildi

Beeline yangi tarif rejasini joriy qildi

Yirik mobil aloqa operatori Beeline “Bravo Online” nomli yangi tarif rejasini ishga tushirdi. Bu haqda Mobinfo nashri xabar bergan. Balansni  $2,99 dan $3,99 gacha bo‘lgan miqdorda to‘ldirgan ushbu tarifga ulangan abonentlarga tarmoq ichida so‘zlashish uchun 200 daqiqa (7 kun davomida), dam olish kunlari uchun qo‘shimcha 200 daqiqa hamda Telegram, Whatsapp va Viber messenjerlarida foydalanish uchun haftalik 200 Mb trafik bonus tariqasida taqdim etiladi.

Bravo Online tarif rejasida tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlarining daqiqasi $0,02 narxida, qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha chiqish qo‘ng‘iroqlarining narxi daqiqasiga – $0,03, bitta SMS narxi – $0,02, bir megabayt mobil internet esa $0,1 narxida hisoblanadi. Kunlik abonent to‘lovi $0,06 ni tashkil qiladi.

Toshkent shahri va viloyati, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qiladigan abonentlar *110*570# USSD-kodi yordamida ushbu tarifga ulanishlari mumkin. Tarif rejasi bilan batafsil kompaniya saytida tanishib chiqishingiz mumkin.