Bepul “O‘zbekiston onlayn jarimalar” ilovasi yaratildi

Bepul “O‘zbekiston onlayn jarimalar” ilovasi yaratildi

Google’ning Play Market ilovalar do‘konida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahridagi chorrahalarda o‘rnatilgan kameralar tomonidan avtomatik ravishda qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimani tekshirishga mo‘ljallangan “O‘zbekiston onlayn jarimalar” ilovasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, ilova sinov tariqasida ishga tushirilgan va nosozliklar kuzatilishi ehtimoli mavjud.

iSmartUZ kompaniyasi ishlab chiqargan ilova ma’lumotlarni avtomatik ravishda my2.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)dan oladi. Natijada, jarimani tekshirish uchun portalga tashrif buyurishga hojat qolmaydi. Ya’ni, ilovada barcha zarur va yangi ma’lumotlar yangilanib turadi.

Dastur qanday ishlaydi?
Qurilmaga yuklab olinib o‘rnatilgach, foydalanuvchi ilovaga o‘zi, jumladan avtomobilga oid ma’lumotlarini kirgizadi. Shundan so‘ng barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda yangilanib turadi. Ilovani yuklab olish va foydalanish bepul. Foydalanuvchi faqat jarimalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun trafik sarflaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!